Bayden-Putin uchrashuvi vaqtlari ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download
Bayden korteji OAVni lol qoldirdi. U Putin bilan uchrashuv joyiga yetib keldi (video) north_east

Bayden korteji OAVni lol qoldirdi. U Putin bilan uchrashuv joyiga yetib keldi (video)

Avvalroq, Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida Jenevada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv bugun, 16 iyun kuni soat 13:00 lar atrofida boshlanishi haqida xabar bergandik. 

Oq uy bergan ma’lumotga ko‘ra, Jo Bayden Rossiya Prezidenti bilan uchrashuvdan so‘ng darhol Jenevani tark etadi.  Ta’kidlanishicha, Vashington jurnalistlari Baydenning AQSH poytaxtiga qaytishini yoritish uchun mahalliy vaqt bilan soat 23:00 ga taklif qilingan. 

Putin va Baydenning bevosita uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 13:35 (Toshkent vaqti bilan 16:35) ga rejalashtirilgan. Bundan o‘n daqiqa oldin esa mamlakatlar rahbarlari Shveysariya Prezidenti Gi Parmelen bilan birga suratga tushishadi. 

Putin va Baydenning kengaytirilgan muzokaralari mahalliy vaqt bilan soat 14:55 (Toshkent vaqti bilan 17:55) da boshlanadi. Qisqa tanaffusdan so‘ng muzokaralarning ikkinchi raundi soat 17:40 (Toshkent vaqti bilan 20:40) da boshlanadi . 

Ta’kidlanishicha, Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng Bayden matbuot anjumani o‘tkazmoqchi, ammo uning o‘tkazilish vaqti aniq aytilmagan. 

Avvalroq, Jo Bayden Vladimir Putin bilan o‘tkaziladigan sammit oldidan Shveysariya rahbariyati bilan uchrashgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Jeneva

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing