Bayden korteji OAVni lol qoldirdi. U Putin bilan uchrashuv joyiga yetib keldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida AQSH Prezidenti Jo Bayden va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘pgina xalqaro masalalarga yechim topilishi kutilayotgan Jeneva shahriga Amerika rahbari Jo Bayden, allqachon, yetib keldi. Uning korteji aeroportdan to‘g‘ri “Intercontinental” mehmonxonasiga yo‘nalgan. 

Ma’lum qilinishicha, Bayden Putindan oldin mezbon davlat Prezidenti Gi Parmelen bilan uchrashishi kutilmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasining samolyoti ham Jenevaga qo‘nib ulgurgan.

Rossiya Prezidenti Matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollarini, strategik barqarorlik masalalarini, shuningdek xalqaro kun tartibidagi mavzular, shu jumladan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda o‘zaro aloqalarni va mintaqaviy ziddiyatlarni hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib boradi. 

Avvalroq Putin ushbu sammit maqsadini quyidagicha izohlagan edi.

“Bizning shaxsiy aloqalarni tiklash, bevosita muloqotni qayta jonlantirish, o‘zaro hamkorlikni talab qiluvchi yo‘nalishlarda, men avval bu haqda aytgandim, haqiqatan samarali bo‘lgan mexanizmlarni yaratish”, degan Putin.

Putinga ko‘ra, agar turli sohalarda o‘zaro aloqalar mexanizmlarini yaratishga erishilsa, sammit besamar bo‘lmaydi. Prezident ular orasida strategik barqarorlik, mintaqaviy mojarolar, global ekologiya va iqtisodiy hamkorlikni alohida ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing