“U aniq tirik”. Maskning otasi Epshteyn o‘lmaganini aytdi
Olam
−
16:27 4910 1 daqiqa
Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning otasi Errol Mask amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn o‘lmaganini, u hanuz tirikligini iddao qilmoqda. Bu haqda u RIA Novosti nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Errol Mask Epshteynning o‘limi haqidagi rasmiy ma’lumotlarga shubha bilan qarashini bildirib, jasad topilgan vaziyatga e’tibor qaratgan. Maskning aytishicha, hodisa sodir bo‘lgan paytda kuzatuv kameralari o‘chirilgan va qamoqxona xodimlari uxlayotgan bo‘lgan.
“U aniq tirik. Epshteyn o‘lmagan. Bu borada hech qanday shubham yo‘q… Mening nazarimda, u hatto eng kichik ehtimol bilan ham o‘lmagan”, degan Mask.
AQSH adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Epshteyn saqlangan qamoqxonaning kuzatuv kamerasida 23:58:58 dan 00:00:00 gacha 62 soniyalik bo‘shliq mavjud. Bu eski videoyozuv tizimining har kuni avtomatik ravishda qayta ishga tushirilishi bilan izohlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jinoyat olamida taniqli shaxs Maykl Francheze ham Epshteynning o‘lganiga ishonmasligini bildirgandi. Xususan, Francheze Jeffri Epshteyndan oldin aynan Nyu-Yorkdagi axloq tuzatish markazida 7 oy davomida saqlangan va u yerda o‘z joniga qasd qilishning mutlaqo iloji yo‘qligini aytgandi.
Live
Barchasi