U-23 Osiyo kubogi: O‘zbekiston Malayziyadan ustun keldi

Sport

image

Bugun, 17 aprel kuni Qatar yashil maydonlarida start olgan U-23 Osiyo kubogi 1-turi doirasida O‘zbekiston Olimpiya jamoasi malayziyalik futbolchilar bilan kuch sinashib, ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.

“D” guruhida o‘rin olgan jamoalar o‘rtasidagi bahsda Temur Kapadze shogirdlari raqib darvozasida 2 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

1-bo‘limda jamoa sardori Jasur Jaloliddinov penaltidan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, 2-taymda zaxiradan maydonga tushgan Ulug‘bek Hoshimov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Mazkur natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va O‘zbekiston Olimpiya jamoasi muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritib, Parij Olimpiadasi yo‘lida dastlabki muvaffaqiyatli qadamni tashladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing