Kurs UZS

USD

12 966.38

19.18

EUR

14 213.75

-8.75

RUB

150.23

-3.15

U-17 Osiyo kubogi. Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar JCH sari yurishini boshlaydi

Sport

image

Bugun, 3 aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatidagi birinchi o‘yinini o‘tkazadi.

“A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston jamoasi dastlabki turda Tailand bilan to‘qnash keladi. “A” guruhida O‘zbekiston va Tailanddan tashqari Saudiya Arabistoni va Xitoy jamoalari o‘rin olgan.

Qayd etish joiz, azkur qit’a birinchiligi shu yil Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga yo‘llanma berishi bilan ham qatnashchi jamoalar uchun juda muhim sanaladi. Musobaqada chorak finalga chiqqan barcha jamoalar kichik mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi, bu degani guruhda 1 yoki 2-o‘rin jamoalarga JCH yo‘llanmasini kafolatlaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston -Tailand uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. Bahsga Toif shahridagi “Okaz” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Saudiya Arabistoni Qatar Tailand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing