Tyumenda migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanadi
Olam
−
19 dekabr 2021
9531Rossiyaning Tyumen viloyatida 2022 yildan patent bilan ishlayotgan mehnat muhojirlariga jamoat transporti va taksi xizmatida ishlash taqiqlanadi.
“Sputnik”ning xabar berishicha, mintaqa gubernatori Aleksandr Moor tegishli farmonni imzoladi.
Mehnat migrantlariga viloyat hududida jamoat transporti, shahar atrofida yo‘lovchi va yuk tashish sohalarida faoliyat yuritish taqiqlanadi.
Avvalroq Xanti-Mansiy avtonom okrugi shunga o‘xshash qarorni qabul qilgan edi.
Rossiyaning “Chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risidagi” qonuniga binoan mintaqa hukumatlari har yili patent bilan ishlayotgan migrantlarning ayrim faoliyat turiga jalb qilishni taqiqlashi mumkin.
LiveBarchasi