Twitter’ning X belgisi ustidan tergov boshlanadi
Olam
−
31 iyul 2023
7794Twitter’ning San-Fransiskodagi ofis binoning yuqori qismiga o‘rnatgan kompaniya logotipi X belgisini juda yorqin qilib o‘rnatgan. Shahar rasmiylari va binoga yaqin joyda yashovchi odamlar esa bu displeydan norozi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
28 iyul kuni kompaniya o‘zining Market Street shtab-kvartirasining tomida X logotipini o‘rnatdi. Bu intruziv chiroqlar qo‘shnilarni bezovta qilgani tufayli ular kompaniya ustidan shikoyat qildi. Unga asosan San-Fransisko binolarni tekshirish bo‘limi tergovni boshlashini bildirgan.
"Men buni chaqmoq deb o‘yladim va juda sarosimaga tushdim. Derazamga yaqin bordim, atrofga qaradim, hech narsa ko‘rmadim. Keyin bu politsiya sirenasi deb o‘yladim", degan qarama-qarshi uyda yashaydigan Patrisiya Uolin.
San-Fransisko qurilish inspektorlari buni qurilish qoidalarining buzilishi, deb hisoblamoqda. Ulardan birining hisobotiga ko‘ra, kompaniya vakillari logotipni tekshirmoqchi bo‘lgan amaldorlarga ikki marta tomga kirishga ruxsat bermagan. Vakillardan biri bu belgi vaqtinchalik ekanligini aytgan.
Shahardagi ushbu bino 1937 yil 31 iyuldagi rasmiy ochilish marosimidan beri Twitter`ning ofisi sifatida foydalanib kelinadi. Ilon Mask 2022 yil oktyabr oyida Twyetter`ni sotib olganidan so‘ng, firma San-Fransiskoda qolishini e’lon qilgan.
"Go‘zal San-Fransisko, boshqalar sizni tark etsa ham, biz doimo sizning do‘stingiz bo‘lamiz", degan edi Mask o‘shanda.
Eslatib o‘tamiz, Avvalroq Twitter foydalanuvchisi Jin Xvang kompaniya uning @X akkauntini pul to‘lamay olib qo‘yganidan norozi bo‘lgan.