Twitter qarzlarni to‘lamagani sabab sudga tortildi

Texnologiya

image

Twitter kompaniyasi London, Dublin, Sidney va Singapurdagi ofis xizmatlari uchun haq to‘lamaganlikda ayblanib, sudga tortildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Avstraliyaning Facilitate kompaniyasi Twitter'dan 4 ta ofisda bajarilgan ishlar uchun 1 million Avstraliya dollari (taqriban 665 ming AQSH dollariga yaqin) pul talab qilmoqda. Ish iyun oyi oxirida AQSHning Shimoliy Kaliforniya okrug sudiga topshirilgan. Twitter esa hozircha himoya arizasini bermagan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Mask Twitter'ni egallaganidan so‘ng ijtimoiy media kompaniyasi hisob-fakturalarga e’tiroz bildirmagan, ammo ularni to‘lamagan. Facilitate zarar va xarajatlar qoplashni talab qilmoqda.

“Twitter o‘zining ba’zi ofislarida ijara haqini va qarzlarni to‘lashni to‘xtatdi, ko‘plab shartnomalarni bekor qildi”, dedi kompaniya.

Facilitate Mask sabab reklama beruvchilarning kamayganligi va Twitter moliyaviy inqirozga tushib qolganligini da’vo qilmoqda. O‘tgan yil oxirida Mask boshqaruvni qo‘lga kiritganidan keyin Twitter'da ommaviy ishdan bo‘shatish boshlangan va matbuot bo‘limi tugatilgan. Aloqa elektron pochtasiga yuborilgan ish bo‘yicha izoh berish so‘rovlariga esa avtomatik javob sifatida emoji kelmoqda.

Ma’lumot uchun, yaqindagina Twitter foydalanuvchilarga o‘qish uchun taqdim etiladigan postlar soniga vaqtinchalik cheklovlar joriy qilgandi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Twitter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing