To‘ylarga ruxsat berildi. Ammo ma’lum cheklovlar bor
Jamiyat
−
13 avgust 2020
19806O‘zbekistonda 30 kishilik to‘ylar o‘tkazishga yana ruxsat berildi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlar sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi.
Bunda ushbu tadbirlar fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar ishtirokida o‘tkaziladi.
LiveBarchasi