To‘ylardagi 30 kishilik tarkibga san’atkorlar ham kiradimi?

Jamiyat

image

Karantin vaqtida o‘tkaziladigan to‘ylardagi 30 kishilik tarkibga san’atkorlar ham kiradi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shtabida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Yurtimizda karantin e’lon qilingandan so‘ng to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish taqiqlanganidan xabardormiz. Ammo yaqinda 30 kishilik to‘y qilishga ruxsat berilgani haqida eshitdim. Shu haqida to‘liq ma’lumot bersangiz. Bu to‘yda xizmat qiluvchi xonandalar ham 30 kishilik tarkibga kiritiladimi?

"Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020 yil 1 iyundan boshlab "yashil" hududlarda bir qator faoliyat turlari qatorida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda tantana va marosimlar faqatgina fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazilishi majburiydir.

Belgilangan 30 kishilik tarkibga birinchi navbatda, oilaviy tantana va to‘y egalari, ma’raka va marosim tashkil etuvchilar, ularning yaqin qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilarning kam sonli vakillari kiritiladi. Shuningdek, oilaviy tantana va to‘y egalarining istaklariga ko‘ra, ishtirokchilar sonidagi cheklov doirasida xonanda va boshqa xizmatlarni bajaruvchi xodim qatnashishi mumkin.

– Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda quyidagilarga qat’iy amal qilish talab etiladi:

– Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan "yashil" toifadagi hududlarda o‘tkazish (dafn marosimlari bundan mustasno);

– "Yashil" toifadagi hududlarda o‘tkaziladigan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarda ishtirokchi etuvchilar sonini 30 kishidan oshirmaslik;

– Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etish.

Eslatib o‘tamiz! Karantin davrida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishning belgilangan talablariga rioya qilmagan fuqarolar o‘rnatilgan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi", deydi Saodat Boymirzayeva.


Maqola muallifi

Teglar

To'y

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing