To‘ydagi fojia ortidan butun mamlakatda motam e’lon qilindi

Olam

image

Iroq shimolidagi Naynava viloyatida to‘y marosimi paytida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani ortidan butun mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda Iroqning INA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy ushbu qarorni imzolagan.

Iroq Qizil yarim oy jamiyati mazkur halokatli yong‘in oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar 450 nafarga yetganini ma’lum qildi. 

Fuqarolik mudofaasi rasmiylarining aytishicha, yong‘in to‘y paytida pirotexnika vositalaridan foydalanilishi tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, marosim o‘tkazilgan zalda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmagani qayd etilgan. 

Qutqaruvchilar hozircha yong‘in qurbonlari va hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot bermadi. Hodisa vaqtida zalda 800 kishi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq to'y motam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing