To‘y qilishda quyushqondan chiqqanlarga “otning kallasiday” jarima solish rejalashtirilyapti

Jamiyat

image
Dabdabali to‘y qilayotganlarning asosiy qismi poraxo‘r amaldorlar north_east

Dabdabali to‘y qilayotganlarning asosiy qismi poraxo‘r amaldorlar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriya javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi

Qonun bilan MJTga to‘ylarga oid quyidagi mazmundagi modda kiritish rejalashtirilgan.

“192-1-modda. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibini buzish

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarga mazkur tadbirlarni o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan rioya etmaslik, –

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (ayni vaqtda 223 ming so‘m) o‘n baravari (2 mln 230 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

To‘yxona, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni buzish, –

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari (6 mln 690 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Qaror bilan To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima to'y

Baholaganlar

139

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing