To‘y azaga aylandi: Qashqadaryoda kuyovning otasi va qarindoshlari YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa 22329
image

Qashqadaryo viloyatida quyuq tumanda tezligini oshirgan Nexia-2 yuk mashinasiga urildi. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 mart kuni ichiga 7 kishi o‘tirgan Nexia-2 o‘sha kuni to‘yi bo‘ladigan qizni go‘zallik saloniga olib borish uchun yo‘lga tushgan. Yo‘ldagi quyuq tumanni hisobga olmasdan, tezlikni me’yoridan oshirgan avtomashina yuk mashinasiga borib urilgan.

Oqibatda kuyovning otasi va ikki qarindoshi voqea joyida, kelinning xolasi esa shifoxonada vafot etgan. 

YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorovning ma’lum qilishicha, qolgan uch nafar yo‘lovchi jiddiy jarohat olgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1320
Reyting: 2.9
Teglar
t
×