“Tuulgan kunuңuz menen kuttuktaym”. Mirziyoyev Japarovni tabrikladi

Olam

image

Qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 dekabr bugun Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, qardosh qirg‘iz xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan. 

Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

Yetakchilar mustahkam do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalariga asoslangan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari bugun yuqori sur’atda rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgani aytilmoqda.

“Turli darajalarda faol muloqotlar va samarali almashinuvlar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda. Mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston-Qirg‘iziston fondining faoliyati doirasida 11 ta istiqbolli biznes loyihasi moliyalashtirildi.

Hududlararo va madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda”, deyiladi O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, infratuzilmaviy loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqani e’lon qilindi. 

Ma’lumot uchun, Sadir Japarov 1968 yil 6 dekabrda tug‘ilgan. U 55 yoshni qarshiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing