Tusk Orbanga tahdid qildi
Olam
−
25 yanvar 8496 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqiga raislik qiluvchi Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga veto qo‘ysa, buning oqibatlari bilan tahdid qildi. Bu haqda Polsha vaziri X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan.
Uning yozishicha, agar Vengriya Bosh vaziri Yevropa sanksiyalarini to‘sib qo‘ysa, Putin tomonga o‘ynayotgan bo‘ladi.
“Agar Orban haqiqatan ham urush uchun muhim daqiqalarda Yevropa sanksiyalarini to‘sib qo‘ysa, u Yevropaning xavfsizligi va kelajagi uchun bu katta o‘yinda biz tomonda emas, balki Putinning jamoasida o‘ynayotgani aniq bo‘ladi. Bu haqiqat”, degan Tusk.
Kecha, 24 yanvar kuni Vengriya vakillari Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirish qaroriga rozi bo‘lmagani haqida xabar bergan edi. Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni kelgusi olti oyga uzaytirish to‘g‘risidagi qaror 27 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Yevropa Ittifoqiga raisligining ochilish marosimida Vengriya elchisi Ishtvan Iydyarto ishtirokini nomaqbul deb topgandi. Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Vengriya elchixonasiga nota yuborgan, unda Ishtvan Iydyartoning marosimda ishtiroki “mo‘ljallanmagani” ta’kidlangan.