To‘rtoving ham ishdan bo‘shaysan – Prezident Uychi tumani hokimiga (video)

Jamiyat

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida Uychi tumanining to‘rtta sektor rahbari – hokim, prokuror, IIB boshlig‘i va DSI boshlig‘i ishdan olingani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 22 fevral kuni “Maxsus rakurs” loyihasida Uychi tumani “to‘rtligi”ning ishdan olinishiga bog‘liq yangi lavhalar e’lon qilindi.

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining sessiyasida ishtirok etgan Prezident Uychi tumani hokimi Muhammadayubxo‘ja Apaqovdan hududi nega hama ko‘rsatkich bo‘yicha oxirgi o‘rinda ekanini so‘ragan. Hokim davlat rahbaridan yana bir imkoniyat berishni so‘ragan. Ammo Shavkat Mirziyoyev imkoniyat berilmasligini aytgan.

“Nega Uychi tumanining hamma ko‘rsatkichlari respublikada eng oxirgi? Hech qanday imkoniyat yo‘q, to‘rtoving ham ishdan bo‘shaysan”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Muhammadayubxo‘ja Apaqov 2018 yildan beri tumnga hokimlik qilib kelayotgandi. Apaqov bilan birga tuman prokurori Ulug‘bek Nomanov, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Avazbek Xo‘jaxonov va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Adhamjon Mahmudov ham ishdan olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

1086

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing