To‘rtko‘lda yigitlar nogiron ukasini urgani uchun haydovchini kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 15 nafar bola bir bolani ayovsiz kaltaklagani haqida videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Respublika prokuraturasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 24 aprel kuni soat 16:00 larda fuqaro I.I. Malibu mashinasida 1-guruh nogironi D.B. boshqaruvidagi Spark avtomobilini orqasidan quvib kelib, to‘xtatgan.

U fuqaro D.B.ga harakat davomida unga yo‘l bermaganini aytib, yuziga urib, tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng u voqea joyidan ketgan.

Fuqaro D.B. o‘zining kaltaklangani haqida akasi D.M. hamda ukasi D.A.larga xabar bergan. Uning aka-ukalari vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida I.I.ni telefon orqali tumanning "Yoshlik" mahallasida joylashgan bog‘ oldida uchrashuvga chaqirishgan.

Shu kuni soat 18:00 larda belgilangan joyga fuqaro I.I. tanishi B.U. bilan birga borganida, aka-ukalar “nogiron ukamni nega urasan” deb I.I.ni urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat Respublika prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Jinoyat ishi tergovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasi ish yurituviga topshirildi. Tergov natijasiga ko‘ra, har ikkala tomonning harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanadi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston videoxabar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing