To‘rt viloyatda aholi orasida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
10 iyun 2020
182732020 yil 10 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 nafarga ortib 4591 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, Toshkent viloyatida 2 nafar, Sirdaryo viloyatidan 8 nafar va Xorazm viloyatida 2 nafar, jami 12 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hamda 6 nafar Toshkent shahrida, 3 nafar Sirdaryo viloyatida, 1 nafar Xorazm viloyatida, 2 nafar Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etildi.
Ayni paytda 3504 (+29) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatning to‘qqiz xududidagi tibbiyot muassasalarida jami 1069 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi