To‘rt karra Qozog‘iston chempioni o‘z joniga qasd qildi
Sport
−
27 iyun 2023
26357Pekin-2008 Olimpiadasi ishtirokchisi, og‘ir atletika bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasining to‘rt karra chempioni Vladimir Sedov o‘z joniga qasd qilib, 35 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Keltirilishicha, 35 yoshli og‘ir atletikachining jasadi Qoratol tumanining “Do‘stiq” qishlog‘ida yashash joyidan topilgan. Qarindoshlarining ko‘rsatmalariga ko‘ra, erkak o‘z joniga qasd qilgan. Hozirda Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasida nazarda tutilgan o‘z joniga qasd qilish fakti bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vladimir Sedov 1988 yil 2 mart kuni Qozog‘istonning hozirgi Jetisu viloyati Qoratol tumani Ushtobe shahrida tug‘ilgan. Olmaota viloyati og‘ir atletika federatsiyasi murabbiyi bo‘lgan, og‘ir atletika bo‘yicha Qozog‘iston erkaklar terma jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
Vladimir Sedov to‘rt karra Qozog‘iston chempioni, 2009 yilda jahon chempioni, 2009 yil va 2016 yilgi Osiyo chempioni unvonlariga ega. Vatan oldidagi xizmatlari uchun “Hurmat” ordeni bilan taqdirlangan.
Biroq 2016 yil yozida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida sportchidan olingan ikkita doping-testning salbiy natijalari haqida xabar bergan edi.
2019 yil 4 dekabr kuni International Weightlifting Federation (IWF) qozog‘istonlik og‘ir atletikachi Vladimir Sedovning 2008-2016 yillardagi barcha unvonlarini rasman bekor qilgan.
LiveBarchasi