To‘rt hududda yana 145 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
19 iyul 2020
14787Bugun, 19 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 145 nafarga oshib, 16752 (+145) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 29 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 13 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 108 nafar, Sirdaryo viloyatida 16 nafari, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafari hamda Farg‘ona viloyatida 1 nafar, jami 152 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 9279 (+152) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 7386 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi