Turkmanistonga yangi muftiy tayinlandi
Olam
−
31 avgust 2019
3858Kecha, 30 avgust kuni Ashxabodda Turkmaniston diniy ulamolarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda mamlakatning din arboblari va oqsoqollar ishtirok etdi, deya xabar beradi “Xronika Turmenistana”.
Uchrashuv avvalida ulamolar Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga "Haj marosimini o‘tkazish uchun sharoit yaratgani uchun" minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng Gurbanguli Berdimuhamedov Lebap viloyatining bosh imomi Yalqab Xojagulevni Turkmanistonning yangi muftiysi etib tayinladi.
O‘z navbatida Axal viloyatining bosh imomi V. Ishanguliyev Lebapdagi bo‘sh joyga ko‘chirildi. Geoktepa tumani bosh imomi T. Jamshidov Axal viloyati imomi etib tayinlandi.
Ulamolar yana bir bor davlat rahbariga minnatdorchilik bildirib, mamlakat ravnaqi uchun mehnat qilish va yoshlarni turkman xalqining qadriyatlari va urf-odatlariga muvofiq tarbiyalashga va’da berdi.
Sobiq muftiy Charigeldi Seryayevning lavozimidan chetlatilishining aniq sabablari ko‘rsatilmagan.
LiveBarchasi