Turkmanistonliklar bo‘lajak Prezidentini saylashni boshladi

Olam

image

Turkmanistonda bugun, 12 mart kuni ertalab soat 7:00 dan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochildi. Saylovda to‘qqiz nafar nomzod ishtirok etmoqda.

Respublikada ovoz berish uchun 2,5 mingdan ortiq saylov uchastkasi tashkil etilgan. 30 ta xorijiy davlatda yana 41 ta uchastka tashkil etilgan.

Saylov uchastkalarida ovoz berish Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasining saylav.gov.tm sayti orqali onlayn translyatsiya qilinadi. Saylov jarayoni ham milliy televideniye va radio orqali jonli efirda yoritiladi.

Ovoz berish jarayonini 2726 nafar milliy kuzatuvchi kuzatib bormoqda. Bundan tashqari, Turkmaniston tomonining taklifiga binoan mamlakatga MDH, Turkiy tilli davlatlar kengashi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, bir qator qo‘shni davlatlardan kuzatuvchilar missiyalari yetib borgan.

Saylov uchastkalari 19:00 gacha ishlashni davom ettiradi, shundan so‘ng ovozlarni sanash boshlanadi.

Turkmaniston milliy qonunchiligida prezidentlik saylovlarida yavka chegarasi belgilanmagan.

Respublika Saylov kodeksiga muvofiq saylovchilar sonining 50 foizdan ortiq ovozini olgan nomzod saylovda g‘olib deb topiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 fevral kuni Ashxobodda Turkmaniston parlamentining yuqori palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida qatnashgan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov endilikda Xalq maslahati raisi sifatida siyosiy tajribasini mamlakat taraqqiyotiga sarflash, o‘z o‘rnini yosh kadrlarga topshirish niyatida ekanini aytgandi. 12 fevral kuni mamlakatda navbatdan tashqari Prezident saylovi o‘tkazilishi e’lon qilindi. Saylov 12 martga belgilandi.

14 fevral kuni Turkmanistonda prezidentlik saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi, uning birinchi bosqichi nomzodlarni ko‘rsatish edi.

Mamlakatda uchta partiya bor: Demokratik partiya, Agrar partiya va Turkmaniston sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi.

Turkmaniston Konstitutsiyasiga muvofiq prezidentlikka nomzodlar 40 yoshga to‘lgan, shu mamlakatda tug‘ilgan va unda so‘nggi 15 yil davomida doimiy yashayotgan va ishlagan fuqarosi bo‘lishi kerak. U yetti yilga saylanadi.

Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov ham saylovda o‘z nomzodini ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Turkmaniston

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing