Turkmanistonga qarshi o‘yinda O‘zbekiston bosh murabbiysiz qatnashadigan bo‘ldi
Sport
−
14 iyun 2023
18534Bugun, 14 iyun kuni “CAFA Nationʼs Cup” turnirining 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi o‘yinga bosh murabbiysiz maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Axborot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Srechko Katanetsning sog‘ligi bilan muammolar yuzaga kelgani sabab Turkmanistonga qarshi o‘yinda jamoani yordamchi murabbiy Alesh Cheh boshqarib boradi.
“Terma jamoa bosh murabbiyi Katanets sog‘ligi bilan yuzaga kelgan muammolar sababli “CAFA Nationʼs Cup 2023” turniridagi Turkmanistonga qarshi uchrashuvda qatnasha olmaydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Katanets boshchiligidagi uchrashuvda O‘zbekiston Ummonni 3:0 hisobiga mag‘lub etgani haqida xabar berilgan edi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi