Turkmanistondan bir kunda 21,6 mln kVt soat elektr energiyasi import qilindi
Jamiyat
−
19 fevral
4590Kecha, 18 fevral kuni Turkmanistondan 21,6 mln kVt soat elektr energiyasi import qilindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 18 fevral kuni barcha elektr stansiyalar orqali jami 231,4 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqilgan.
Shunga qaramay, kecha elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha defitsit 6,4 million kilovat soatni tashkil etib, mamlakat bo‘ylab kunning tig‘iz vaqtida 400 megavattgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lindi.
Respublika iste’molchilariga 225,6 mln kVt soat elektr energiyasi yetkazib berilib, tabiiy gaz iste’moli 151,6 mln kubometrni tashkil qildi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi 133 ta metan zapravka orqali ijtimoiy soha ob’ektlarga tegishli avtomobillarga 700 ming kubometr tabiiy gaz, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga esa 1 ming 126 tonna avtobenzin yetkazib berildi.
LiveBarchasi