Turkmanistonda “Toshkent” bog‘i quriladi

Olam

image

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda “Toshkent” istirohat bog‘i quriladi. Bu haqda Turkmaniston Prezideti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Turkmaniston rasmiy nashrlarining yozishicha, uchrashuvda Toshkent shahrida “Ashxobod” bog‘i barpo etilgani, poytaxtdagi ko‘chalardan biriga turkman shoiri Mahtumquli nomi berilgani ta’kidlangan.

Shuningdek, Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Turkmanistonning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan strategik tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Ikki tomon davlatlar o‘rtasida doimiy ravishda madaniy va ilmiy tadbirlar o‘tkazishni davom ettirish niyatini bildirgan. Bu borada Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining yubiley tadbirlarini o‘tkazish borasida kelishuvga erishilgan.

Avvalroq, Abdulaziz Komilov Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvda unga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktubini topshirgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing