Turkmanistonda oziq-ovqat tanqisligi. Ayollar namoyishga chiqdi

Olam

image

Turkmaniston janubidagi Mari viloyatida o‘nlab odamlar oziq-ovqat tanqisligiga qarshi miting o‘tkazdilar. Namoyishni, asosan, ayollar tashkil etdi. Ular Mari viloyatini mamlakatning qolgan qismi bilan bog‘laydigan magistralni to‘sib qo‘yishdi.

Namoyishchilarning bir qismi viloyat ma’muriyati binosiga bordi. U yerda mahalliy amaldorlardan davlat do‘konlarida un, o‘simlik moyi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz sotilishini ta’minlashni talab qilishdi.

Shuningdek, namoyishchilar davlat do‘konlarida bir necha oy davomida ehtiyoj uchun birinchi galdagi kerakli oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar sotilmaganini aytishdi. Ularning ta’kidlashicha, ba’zi do‘konlar 1 oy davomida yopiq bo‘lgan.

Bunga javoban amaldorlar davlat do‘konlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rishga va’da berishdi. Keyin namoyishchilarga ikki kilogrammdan un tarqatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Namoyish Turkmaniston

Baholaganlar

1032

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing