Turkmanistonda masjidlar yana jamoat uchun ochildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkmanistondagi barcha masjidlar o‘z faoliyatini tikladi. Bu haqda mamlakat Muftiyati "Turkmenportal"ga xabar bergan.  

Xabarga ko‘ra, barcha sanitariya-gigiyena tadbirlari asosida masjidlarga tashrif buyurishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish munosabati bilan 2020 yil 13 iyulda Turkmanistonda masjidlarga borishga cheklovlar joriy qilingandi. 

Ushbu qaror Turkmaniston kasalliklarni nazorat qilish bo‘yicha favqulodda komissiyasi tomonidan 2020 yil 26 avgustda qabul qilingan.

Bugunga qadar Turkmaniston rasmiy idoralari mamlakatga koronavirus kirib kelganini rad etib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

masjid Turkmaniston

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing