Turkmanistonda xorijga ishga chiqishda pul talab qilinmoqda

Olam

image

Ko‘plab odamlar Turkmanistonni tark etishga urinmoqda, ularning katta qismi mehnat migratsiyasi bo‘yicha ketayotganlardir. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.

Hozir mamlakatdagi Migratsiya xizmati xodimlari biron-bir odamni mamlakatdan chiqarib yubormaslik uchun har qanday bahonani izlaydi. Samolyotda uchishga ruxsat berilmaganlarning aksariyati "qora ro‘yxat" ga kiritilmagan. Shunday qilib, sayohatchilardan pora olinadi.

Turkmanistonni muammosiz tark etishni istagan odamlar, ayniqsa sabablarini izohlamay qoldirilgan odamlar, vositachi qidirmoqda. Pasport nazorati orqali bir kishini o‘tishi uchun unga 2 ming 300 AQSH dollari yoki 40 ming manat miqdorida pul o‘tkaziladi.

Pul o‘tkazmasi yuborgan migratsiya xizmatining xodimi vositachiga ish smenasining vaqti va u joylashgan joyi ma’lumotlarini beradi. Pulni bergan kishi belgilangan vaqtda parvoz uchun chiptani sotib olishi va tekshiruvdan keyin uchishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Turkmanistonda 5 million 850 minggdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Hozirda mamlakatda kuzatilayotgan iqtisodiy muammolar sabab, fuqarolar xorij davlatlariga mehnat migrantlari sifatida ketishga majbur bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston xorijga chiquvchilardan

Baholaganlar

57

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing