Turkmanistonda xalqaro parvozlarga o‘rnatilgan taqiq uzaytirildi
Jamiyat
−
31 avgust 2020
4430“Turkmaniston havo yo‘llari aviakompaniyasi parvozlarga o‘rnatilgan taqiqni sentyabr oxirigacha uzaytirdi. Bunga yana pandemiya sabab qilib ko‘rsatildi.
“Hurmatli yo‘lovchilar! COVID-19 koronavirus pandemiyasi sabab barcha xalqaro parvozlarga qo‘yilgan taqiq 2020 yil 30 sentyabrgacha (shu kuni ham) uzaytirildi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Ashxoboddan Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Minsk, Olmaota, Frankfurt-Mayn, Birmingem, Amritsar, Dehli, Dubay, Abu-Dabi, Pekin va Bangkokga va ortga reyslar bekor qilingan.
Qayd etilishicha, barcha sotib olingan chiptalar 2021 yil 31 dekabrgacha amal qiladi. Shuningdek, pullarni qaytarib olish ham mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Turkmanistonda rasman koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmagan.
LiveBarchasi