Turkmanistonda Qurbon hayitini nishonlash sanasi e’lon qilindi
Olam
−
30 may 2023 17362 1 daqiqa
Turkmanistonda Qurbon hayiti nishonlanadigan sanalar ma’lum qilindi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida so‘z ochildi.
Aytilishicha, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Mehrijamol Mamedova joriy yilning iyun oyida rejalashtirilgan asosiy tadbirlar va ijtimoiy soha ob’ektlarining ochilishi to‘g‘risida ma’ruza qilgan. U 28, 29, 30 iyun kunlari Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakatda turli madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilganini aytgan.
Ma’lumki, Qurbon hayiti musulmon mamlakatlarida uch kun ketma-ket nishonlanadi, ko‘plab davlatlarda bayramning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust