Turkmanistonda birdaniga 3 milliard IP-manzil, xosting va CDN blokdan chiqarildi

Olam

image

Joriy yil iyul oyining birinchi kunlaridan boshlab Turkmanistonda internet blokirovkasi misli ko‘rilmagan darajada yengillashdi. Bu haqda “Turkmen.news” xabar berdi.

Mamlakatning turli mintaqalaridagi foydalanuvchilar barcha xosting, kontent yetkazib berish tarmoqlari (CDN) va IP-manzillarning quyi tarmoqlari, “Turkmentelekom” va Ashxobod shahar telefon tarmog‘i provayderlaridan foydalanish mumkinligini aytmoqda. Shunday qilib, 3 milliard IP'ga kirish tiklandi. Biroq “Altin Asir” mobil operatorida hamon bloklar mavjud.

Blokdan chiqarishga oid jarayonlarning nima bilan bog‘liqligi hali ham ayon emas. Biroq “Turkmen.news” bir nechta taxminiy versiyalarni keltirgan. Bular: joriy yilning 5-6 iyul kunlari BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Markaziy Osiyo mamlakatlariga safari doirasida Turkmanistonga ham tashrif buyurishi, ikkinchisi mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning siyosiy qarori, shuningdek, razvedka agentliklari va aloqa mutaxassislari yangi xavfsizlik provayderini sinovdan o‘tkazayotgani    .

Oxirgi versiyaning ehtimollilik darajasi yuqori baholangan. Chunki ilgari Turkmanistonning internet tahdidlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan infratuzilmasi noma’lum kompaniyaning dasturiy ta’minotida, Cingapurning Indigo Software kompaniyasining professional muhitida qurilgan edi.

“Turkmen.news” nashrining qayd etishicha, Turkmanistonda internetni blokirovka qilish korrupsion biznesga aylangan. Kiberxavfsizlik departamenti boshlig‘i Maqsat Geldiyev va uning qo‘l ostidagilar – Didar Seyidov va Allanazar Qulnazarov “oq ro‘yxat”dagi serverlar va IP’lar uchun maxsus qurilgan VPN’larni sotmoqda. Aytilishicha, internetni bunday miqyosda blokirovka qilish bo‘yicha hech qanday siyosiy qaror bo‘lmagan. Serdar Berdimuhamedovning ulardan xabari yo‘q, bu Geldiyev va uning sheriklarining shaxsiy tashabbusi bo‘lgan.

“Vaziyat absurdlik darajasiga yetib bormoqda. Faqat bir nechta davlat idoralarida internet bor, lekin u hamma xodimlarda ham mavjud emas. Oddiy xodimlarning ish kompyuterlari kiberxavfsizlik maqsadlari uchun tarmoqdan o‘chirilgan. Ammo ular shunchaki viruslar bilan to‘lib-toshgan, chunki antiviruslar tarmoqsiz ishlamaydi. Bundan ham bema’nisi internetga ulangan kompyuterlar ham viruslar bilan “kasallangan”, chunki barcha antivirusni yangilash serverlari bloklangan. Antivirus ma’lumotlar bazasini yangilash serverlari kamida so‘nggi 3-4 yil davomida Kiberxavfsizlik direksiyasi tomonidan maqsadli ravishda bloklangan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston internet blokirovkasi IP-manzil xosting CDN

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing