Gurbanguli Berdimuhamedov ilk bor “Millat otasi” deb ataldi

Olam

image

Turkmanistonning sobiq prezidenti, turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov omma oldida “Millat otasi” deb ataldi. 9 yanvar kuni parlament raisi va Vazirlar Mahkamasi a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov uni shunday atadi.

Meredov Turkmaniston betarafligining 30 yilligi hamda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2025 yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarga bag‘ishlangan tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi muhimligini ta’kidladi.

Vazir nutqida sobiq Berdimuhamedov birinchi marta omma oldida "Millat otasi" deb ataldi.

Yig‘ilish davlat televideniyesi orqali namoyish etildi va Turkmaniston davlat axborot agentligi tomonidan yangi maqom haqida batafsil hisobot chop etildi.

Ashxobodlik kuzatuvchilarning fikricha, "Millat otasi" katta ehtimol bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning navbatdagi rasmiy unvoniga aylanadi. Hozirda barcha davlat OAVlari o‘z teleko‘rsatuvlari va nashrlarida uni "Arkadag‘" (Homiy) va Turkman xalqining Milliy yetakchisi deb atashadi.

Shu bilan birga, "Arkadag" nomiga ko‘pincha boshqa ta’riflar qo‘shiladi: qahramon-Arkadag, mehribon-Arqadag, qahramon olim "Arqadag‘" va boshqalar.

Ma’lumot uchun, Gurbanguli Berdimuhamedov 1957 yil 29 iyunda Ashxobod viloyatida tug‘ilgan. Berdimuhamedov 2006 yil 21 dekabrdan 2022 yil 19 martgacha Turkmaniston prezidenti bo‘lgan. 2023 yil 21 yanvardan Turkmaniston Xalq Maslaxati raisi lavozimida ishlab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Arqadag' Millat otasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing