Turkmanistonlik askar Afg‘onistonga qochib o‘tdi

Olam

image

2024 yilning dekabr oyi oxirida turkmanistonlik askar Afg‘onistonga qochib o‘tgan. Bir necha kundan so‘ng esa u mamlakatiga qaytarilgan. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib, "Turkmen.news" xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Yangi yil oldidan Mariy viloyatining Afg‘onistonga yaqin harbiy qismida ofitserlar uchun kazarma rejimi joriy qilingan. Shu vaqtda piyoda askar Turkmaniston-Afg‘oniston chegarasida yo‘lak topib, qo‘shni davlat hududiga o‘tib ketgan va o‘z formasini yechib, simli to‘siqqa tashlab ketgan.

Bir necha kundan so‘ng askar vataniga qaytarilgan. Manbaga ko‘ra, uni qaytarish uchun diplomatlar va harbiylar katta mablag‘ to‘lagan. Keyinchalik uning Afg‘onistonda qandaydir radikal harakat yoki guruhga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, yosh yigit armiyaga chaqirilishdan oldin diniy mavzulardagi blog va kanallarga obuna bo‘lgan.

“Bu kabi hodisalar Turkmaniston armiyasidagi keng qamrovli muammolarni yana bir bor ko‘rsatadi. Rasmiy hisobotlarda vaziyat barqaror va ijobiy tasvirlansa-da, aslida armiyada “dedovina”, poraxo‘rlik, ofitserlarning past maoshlari va tartibsizlik kabi muammolar hali ham mavjud”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya askari mamlakat sharqidagi chegara orqali Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Turkmaniston askar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing