Turkmanistonda ayollarning kiyinishiga cheklov yo‘q – TIV

Olam

image

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Hojiyev mamlakatda ayollar uchun maxsus kiyinish kodi (dress kod), shuningdek, haydovchilik guvohnomasini olishga cheklovlar yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda u xorijlik diplomatlar va jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi. 

Xojiyevning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari Turkmaniston haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, xususan, mamlakatda ayollar huquqlari poymol etilayotgani haqida ma’lumotlar chop etmoqda.

“Bu ma’lumotni Turkmaniston, Ashxoboddagi kundalik hayotda ko‘rayotganlar bilan solishtirish uchun aytyapman. Bu mamlakatdagi ayollar huquqlariga taalluqlidir”, deydi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmanistonda oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun qoidalar bundan mustasno, ayollar uchun maxsus yagona kiyim kodi yo‘q.

“Kundalik hayotda ayollarimiz xohlagancha kiyinishda erkin. Xuddi shu narsa ayollarning tashqi ko‘rinishi va ularning go‘zallik salonlariga tashrif buyurishiga ham taalluqlidir”, deydi Hojiyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi uch yil ichida Turkmanistonda ayollarga 10 mingga yaqin haydovchilik guvohnomasi berilgan.

“Ular haydovchilik guvohnomasidan foydalanishadi: buni shaharda ko‘rasiz – ayollar mashina haydashadi. Negadir hech kim erkaklarga haydovchilik guvohnomasini berish haqida gapirmayapti. Agar ular imtihondan o‘ta olmagan bo‘lsa, litsenziya ham olmaydi”, deydi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari.

Brifingdan keyingi xabar Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida ham e’lon qilingan, biroq unda ayollar huquqlari bilan bog‘liq masalalar deyarli ko‘tarilmagan.

“Muloqotda xotin-qizlarning davlat ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalarida ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ko‘plab ishlar aks ettirilgan”, deyiladi xabarda.

Ommaviy axborot vositalari Turkmanistonda vaqti-vaqti bilan talaba qizlar va davlat muassasalarida ishlaydigan ayollarga provokatsion liboslar kiyish va juda yorqin bo‘yanish, haydovchilik guvohnomasini olish taqiqlangani haqida bir necha bor xabar qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston dress kod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing