Turkmanistonda “Arqadag‘”ning otiga haykal o‘rnatiladi 

Olam

image

Turkmanistonning Axal viloyati hududida Axaltekin zotli Akxan otiga haykal o‘rnatiladi. Bu haqda “Neytralniy Turkmenistan” gazetasi xabar bergan.  

Tegishli qarorni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov imzolagan. 

“Xalqning milliy g‘ururi bo‘lgan Axaltekin otlarining shon-shuhratini oshirish maqsadida Turkmaniston Prezidenti farmonni imzoladi”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, “hujjatda qurilish ishlarini 2022 yilning may oyida boshlash va ob’ektni 2022 yil dekabrida foydalanishga to‘liq shay holatda topshirish ko‘zda tutilgan”. 

Qayd etilishicha, “Akxan Turkmanistonning sobiq Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan shaxsan tarbiyalangan afsonaviy otdir”. 2018 yilda u orqa tuyog‘ida 10 metr masofani 4,19 soniyada bosib o‘tgani bilan mashhur bo‘lgan. Ushbu yutuq Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, bu Turkmanistonda Axaltekin otlariga o‘rnatilgan birinchi yodgorlik emas. 2013 yil aprel oyida Axaltekin zotli Po‘latli otiga bag‘ishlangan haykaltaroshlik kompozitsiyasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tgan va bir yil o‘tgach, Axaltekin zotli Yanardag‘ sharafiga monument ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing