Turkmanistonda 2 hokim 25 yilga qamaldi

Jamiyat

image

Turkmanistonda Maryam viloyatining sobiq hokimi Dovranberdi Annaberdiyev hamda Axal viloyatining sobiq hokimi Yazmuhammet Gurbanov 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Turkmennews” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, har ikki sobiq hokimga joriy yilning 7 avgust kuni hukm chiqarilgan. Dovranberdi Annaberdiyev o‘tgan qishda sodir bo‘lgan Qoraqum kanali yorilishi sababli sudga tortilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-fevral oylarida Turkmanistondagi Qoraqum kanalining darz ketishi tufayli kamida 100 million kub metr suv qumga sizib ketgan edi. Ushbu holat Markaziy Osiyoda kuzatilgan anomal sovuq oqibatida yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, sobiq hokim Annaberdiyevning qarindoshlariga jamoatchilik oldiga chiqmaslik tavsiya etilgan.

Yana bir hokim Gurbanovning jinoiy javobgarlikka tortilishi sababi hozircha noma’lum. Biroq u joriy yilning iyul oyida Annaberdiyev va boshqa ko‘plab mansabdor shaxslar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston hokim qamoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing