Turkmaniston O‘zbekistonga bermoqchi bo‘lgan bepul gaz yetib keldi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq Turkmaniston O‘zbekistonga do‘stona va birodarlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bepul suyultirilgan gaz berishi va bu bo‘yicha Prezident Serdar Berdimuhamedov farmon imzolagani ma’lum qilingan edi. Kecha, 19 fevral kuni bepul suyultirilgan gaz ortilgan vagonlar Turkmanistondan O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, O‘zbekistonni do‘stona va birodarlik bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuborilgan 2 ming tonna gaz Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisiga tarqatilyapti.

Eslatib o‘tamiz,Turkmanistonning “Galkinish” konida joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan anomal sovuqning eng yuqori cho‘qqisida, past sifatli quritish datchiklari ishlamay qolishi oqibatida avariya sodir bo‘lgan edi. Shu bois 12 yanvar kuni Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatgan edi. Buning ortidan “Turkmangaz”ning olti nafar mansabdori hibsga olingandi.

Shundan so‘ng, 21 yanvardan boshlab, Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini tiklab, 4,8 mln kub metr gaz yetkazib bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing