Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarani yopdi

Olam

image

Turkmaniston 31 yanvardan boshlab O‘zbekiston bilan ikkita chegara punkti: “Shovot” va “Farob”ni yopib qo‘ydi. Xitoyda yangi koronavirus tarqalishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Chegara punktlari qachon ochilishi hozircha ma’lum emas. Biroq “Shovot” chegara punkti 14 fevralga qadar yopilishi tahmin qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston tomondan ushbu chegaralar yopilmagan, aksincha nazorat kuchaytirilgan. Tibbiyot niqobini taqmagan fuqarolar ortga qaytarilgan. Mahalliy aholi bundan unumli foydalanib, dorixonalarda 3 tasi 2 manatga sotilayotgan niqobning donasini 3 manatdan sotgan. 

Ma’lumot uchun, 2019 yilning 31 dekabr kuni Xitoy Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida joylashgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi tarqalgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu 2019-nCoV tipdagi koronavirus. 

JSST koronavirus xavfini xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyat deb baholadi. Rossiyada xitoylik 2 nafar fuqarodan koronavirus rasman aniqlandi. Bugunga kelib, koronavirusning yangi turidan og‘rigan bemorlarning umumiy soni 11 ming nafardan oshdi, ularning 259 nafari vafot etdi.

O‘zbekiston koronavirus mamlakatga kirib kelmasligi uchun Xitoy bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi. Shuningdek, Xitoydagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun charter reyslar tashkil etilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara virus O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

2160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing