Turkmaniston Prezidenti nabirasi bilan otda sayr qildi (video)
Olam
−
20 may 2020
15551Joriy yilning 17 may kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasi Kerim bilan birga velosiped va otda sayr uyushtirdi. Bu haqda “Turkmenistan Today“ axborot agentligi ma’lum qildi.
“Davlatimiz rahbari afsonaviy ot sharafiga qurilgan Yanardag‘ monumenti yonidan o‘tdi, bu yerda Prezident nabirasiga ushbu ot haqida gapirib berdi. Shuningdek, boshqa taniqli turkman otlari haqida gapirib berdi.
Velosiped sayri chog‘ida davlat rahbari nabirasidan akademik muvaffaqiyati, sport va ijodiy mashg‘ulotlari haqida so‘radi. Kerim bobosi bilan yangi bilimlar bilan o‘rtoqlashdi, o‘zi egallagan fanlar va unga qiziqadigan mavzular haqida gapirdi “, deyiladi maqolada.
Prezident va uning nabirasi velosiped bilan Axal-Teke ot sport majmuasiga kelishdi. Xabarlarga ko‘ra, Berdimuhamedov Toila laqabli otini, Kerim esa Shapolat otini egarlagan.
“Ot minish paytida davlat rahbari nabirasiga turkman otlarini yetishtirishning nozik jihatlari haqida batafsil aytib berdi. Shu qatorda tarixdan qiziqarli misollar keltirdi.
Shuningdek, mamlakat prezidenti nabirasiga dunyoga mashhur “jannat“ otlari bilan bog‘liq afsonalarni aytib berdi. U ot minishning xususiyatlari haqida gapirdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bobosi bilan suhbatdan so‘ng mustaqil ravishda ot mingan. Gurbanguli nevarasini shijoatli ekanini aytib maqtagan.
LiveBarchasi