Turkmaniston Prezidenti itga mashina sovg‘a qildi

Olam

image

Joriy yilning 26 oktyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov “Yilning jasur turkman alabayi” unvoniga sazovor bo‘lgan alabay zotli it va uning kinologiga avtomobil sovg‘a qildi. Bu haqda “Jeyhun news” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkmanistonda “Yilning jasur turkman alabayi” tanlovi o‘tkazilgan va unda 10 dan ortiq it qatnashgan. Tanlov yakunida mamlakat Mudofaa vazirligining Vepali laqabli iti g‘olib bo‘lgan. Uni faxriy kinolog Orazmurat Saparov o‘stirib, voyaga yetkazgan hamda musobaqaga tayyorlagan.

Xalqaro tanlov g‘olibiga Turkmaniston Prezidentining bosh sovg‘asi – Toyota Camry V6 rusumli yengil avtomobil kaliti topshirilgan, shuningdek, u maxsus medal, ko‘chma kubok va diplom bilan mukofotlangan.

“Kinolog qimmatbaho sovg‘a hamda alabay zotining  asrab-avaylash borasida davlat tomonidan yaratilgan keng imkoniyatlar uchun hurmatli Prezidentga samimiy minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lebap viloyatining Turkmanobod shahrida xavfsizlik kuchlari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov korteji sabab yo‘llar to‘sib qo‘yilgani ortidan yetti oylik homilador ayol shifoxonaga kirolmay vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston alabay Orazmurat Saparov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing