Turkmaniston Prezidenti harbiylarga meva yetishtirib, murabbo tayyorlashni buyurdi
Olam
−
12 iyun 2020
11725Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatning huquq-tartibot idoralari iqtisodiy infratuzilmasining rivojlanishi bilan tanishdi va xavfsizlik xodimlariga meva yetishtirish hamda murabbo tayyorlashni buyurdi. Bu haqda "Oltin asr" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Berdimuhamedov Kopetdag‘ tog‘ etagida xavfsizlik xodimlarining hisobotlarini eshitdi. Unda har bir harbiyga yer uchastkalari berilishi aytib o‘tildi.
"Hisobotda har bir harbiy va huquq-tartibot idoralariga mevali daraxt va sabzavot yetishtirish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Harbiylarga tegishli yerlarda olma, o‘rik, shaftoli, nok, behi, olxo‘ri va xurmo kabi mevali daraxtlar yetishtirish topshirig‘i berildi", deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Turkmaniston Prezidenti harbiy va huquq-tartibot idoralariga ajratilgan maydonlarda mevali daraxtlar, sabzavot va poliz ekinlari ekish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.
"Bu yoshlarning o‘z ona yurtiga bo‘lgan muhabbatini yanada oshiradi", deyiladi xabarda.
Berdimuhamedov turli xil mevalarning sog‘liq uchun foydalari, jumladan behi murabbosi haqida gapirib o‘tgan. Turkmaniston rahbari ta’kidlashicha, bu yerda ekish rejalashtirilgan mevali daraxt navlarining ko‘chatlari mahalliy iqlim sharoiti va tabiiy xususiyatlarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan holda tanlanishi kerak.
Avvalroq, Turkmaniston Prezidenti mamlakatda velosiped uchun qurilgan majmua ochilishida ishtirok etgan edi.
LiveBarchasi