Turkmaniston gaz g‘amlash uchun yer osti omborlarini qurmoqchi
Olam
−
15 yanvar 2023
8256Turkmanistonda tabiiy gaz uchun yer osti omborlari qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Shohim Abdrahmonov ma’lum qildi, deb yozdi “Neytral Turkmaniston” gazetasi.
Abdrahmonov 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi majlisida loyiha haqida ma’ruza qildi. Uning qayd etishicha, tovar gaz zaxiralarini ta’minlash maqsadida omborxonalar qurilishi rejalashtirilgan.
Loyiha Turkmanistonda ilk bor amalga oshirilmoqda. Texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, loyihalash, jihozlash va qurish, shuningdek, xalqaro amaliyotga mos ishlarni amalga oshirish uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilgan.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov gaz resurslaridan oqilona va samarali foydalanish muhimligini, ishonchli xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Turkmaniston tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Xitoyga yetkazib berishning asosiy hajmi Turkmaniston – O‘zbekiston – Qozog‘iston – Xitoy transmilliy gaz quvurining uchta liniyasi orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, turman gazi Eron orqali Rossiya va Ozarbayjonga yetkazib beriladi.
LiveBarchasi