Turkiyzabon davlatlar o‘rtasida futbol chempionati tashkil etiladi
Sport
−
17 may
7365Ayni kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida Xalqaro futbol assotsiatsiyasining (FIFA) 74-Kongressi o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan turkiyzabon davlatlar futbol assotsiatsiyalari mutasaddilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda assotsiatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, joriy yil Turkiyada Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqiga (UEFA) a’zo 4 mamlakat – Vengriya, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston hamda OFKning O‘zbekiston, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasi o‘smirlari o‘rtasida ilk bor U-16 turniri tashkil etilishiga kelishildi.
Uchrashuvda bu xalqaro turnir muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘lishi bilan birga, ishtirokchilar uchun har yili o‘tkaziladigan U-17 JCH oldidan tayyorgarlik vazifasini bajarishi qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuvda assotsiatsiyalar mutasaddilari futbol bo‘yicha mutaxassislar, murabbiylar tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini keng muhokama qildi.
LiveBarchasi