Turkiyaning xalqaro miqyosdagi nomi o‘zgardi
Olam
−
01 iyun 2022 27586 1 daqiqa
Turkiyaning BMT tomonidan tan olingan va xorijiy tillardagi nomi “Türkiye” deb o‘zgartirildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.
“BMT Bosh kotibi nomiga bugun yo‘llagan maktubim bilan mamlakatimizning BMTdagi xorijiy tillardagi nomini “Türkiye” deb ro‘yxatdan o‘tkazyapmiz. Yaxshilikka bo‘lsin!”, degan vazir Chavusho‘g‘li.

Shu tariqa, bundan buyon turli xalqaro forumlar va rasmiy hujjatlarda bungacha qo‘llangan turli etnonimlar (Turkey, Turkei, Turquie va boshqalar) o‘rnida Turkiye nomi qo‘llanadi.
Live
Barchasi