19 yoshli yigit 7 yashar qizning umriga zomin bo‘ldi
Jamiyat
−
05 avgust 2020
38968Bugun, 5 avgust soat 09:00 larda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 7 yashar qiz halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Fuqaro 19 yoshli S.S. “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasida Kitob tumani “Qaynar” MFY Qongi qishlog‘i hududining ichki yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan 7 yoshli Sh.A. (ayol)ni avtomashinasi bilan urib yuborgan.
Natijada voyaga yetmagan Sh.A., voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr