Turkiyalik taniqli tadbirkor Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 avgust kuni Turkiyaning “Cengiz Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prizdent Administratsiyasining bildirishicha, Turkiyaning yetakchi ko‘p tarmoqli xoldingi ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlangan – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirilgan.

Uchrashuv chog‘ida davlat rahbariga ushbu energetika ob’ektlarining ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil axborot berilgan.  

Bundan tashqari, Prezident Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod bo‘lgan yana bir elektr stansiya qurilishiga start berdi.

Shavkat Mirziyoyevga “Cengiz Holding” kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish rejalari taqdimot qilingan.

Avtomobil yo‘llari va tunnellarni modernizatsiya qilish va qurish, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish va istiqbolli foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish, energetika infratuzilmasini davlat-xususiy sheriklik shartlarida boshqarish shunday loyihalar jumlasidan.

O‘zbekiston yetakchisi turkiyalik investor ishtirokidagi istiqbolli loyihalarni tez fursatda tayyorlash va to‘liq amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Cengiz Holding Mexmet Jengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing