Turkiyalik shifokorlar O‘zbekistonning qaysi hududlarida ishlashi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
O‘zbekistonga Turkiyadan ham shifokorlar kelyapti north_east

O‘zbekistonga Turkiyadan ham shifokorlar kelyapti

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ayni paytda mamlakatda bo‘lib turgan turkiyalik tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh bilan uchrashdi.

Unda shu qisqa davrda turkiyalik mutaxassislarning uchinchi guruhi COVID-19 ga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun yetib kelgani, Turkiya tomonidan yurtimizga 50 ta zamonaviy sun’iy nafas berish apparati (IVL)ning yetkazib berilishi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, Turkiya va O‘zbekiston tibbiyot xodimlarining koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida birgalikdagi tizimli sa’y-harakatlari yuqori baholandi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga kelgan turkiyalik shifokorlar safida anesteziolog, reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, pediatr, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam, biotibbiyot, umumiy amaliyot, ichki kasalliklar, jamoat salomatligi bo‘yicha malakali mutaxassislar jam bo‘lgan.

Uchrashuvda mehmonlar Toshkent shahridagi Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Farg‘ona, Andijon hamda Namangan viloyatlaridagi ushbu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, kornovirusni aniqlash, nazoratga olish va bemorlarni davolashda mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda amaliy faoliyat ko‘rsatishlari rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Avvalroq, O‘zbekistonga Rossiya va Germaniyadan ham shifokorlar kelgandi. Ular koronavirusga qarshi kurashda o‘zbekistonlik hamkasblariga yordam berishadi.

 

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing