Turkiyada o‘zbekistonlik sevgilisini kislota sepib o‘ldirgan erkak qamaldi
Olam
−
25 Sentabr
8713Turkiyaning Qorahayit shahridagi mehmonxonada sevgilisining ustiga kislota sepib o‘ldirgan erkak og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda DHA xabar berdi.
Voqea 2022 yilning 9 may kuni Korahayit tumanidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan. O‘zg‘ur Gyunden Istanbuldan kelgan o‘zbekistonlik sevgilisi Sojida Qalandorova va uning do‘sti 25 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi Sarvinoz Xayrullayeva bilan dam olish kunlari Qorahayit tumanidagi mehmonxonaga borgan. Aniqlanishicha, telefonini ruxsatsiz tekshirgani uchun Gyunden va sevgilisi Qalandorova o‘rtasidagi janjal mushtlashuvga aylangan. Shunda Gyunden mehmonxona qabulxonasiga borib, seyf sifatida avval qoldirgan termosdagi kislotani olib, xonaga qaytadi.
Gyunden termosdagi kislotani karavotda yotgan sevgilisi Qalandorovaning ustiga quygan. Ayni paytda uning balkonda bo‘lgan va hayqiriqni eshitib xonaga kirgan dugonasi Xayrullayeva ham kislotadan jarohat olgan. Gyundenning o‘zi ham yaralangan. Shu payt ayollarning qichqirig‘i bilan mehmonxona xodimlari xonaga otilib kiradi. Bu orada O‘zgur Gyunden qochib ketdi.
Xabar qilinishi bilan voqea joyiga jandarmeriya va tibbiy guruhlar yuborilgan. Jarohatlangan Qalandorova va Xayrullayeva tez yordam mashinasida Denizli davlat shifoxonasiga yetkazilgan. Badanida 3-darajali kuyish jarohati olgan Qalandorova Izmirga yuboriladi. Xayrullayeva tanasining turli joylaridan kuyish jarohatlari olgan.
Denizli viloyati jandarmeriya jinoyat tergov guruhi Gyundenni qo‘lga oladi. Izmirdagi Bozyaka o‘quv va tadqiqot shifoxonasida davolanayotgan Qalandorova esa voqeadan 38 kun o‘tib vafot etadi. Uning o‘limiga kimyoviy kuyish asoratlari sabab bo‘lgan.
Turkiya Bosh prokuraturasi tomonidan unga ayblov xulosasi tayyorlanadi. Denizli shahar 3-Og‘ir jinoyatlar sudi tomonidan qabul qilingan ayblov xulosasida O‘zgur Gyundenga qasddan badanga jarohat yetkazishi oqibatida o‘limga sabab bo‘lgan uchun 16 yil va boshqa jarohatlash aybi bilan 3 yilgacha, jami 19 yillik qamoq jazosi so‘ralgan. Sud jarayonida sudlanuvchining yana bir jabrlanuvchi Sarvinoz Xayrullayevaga nisbatan qilgan jinoyat ishi bo‘yicha materiallar alohida ko‘rib chiqildi.
“Sojida bilan hech qanday adovatimiz yo‘q edi, voqeadan ikki hafta oldin Istanbulga birga yashash uchun borgandim. U bilan uyni ijaraga olib, ikki haftadan keyin qizg‘anib telefonda janjallashib qoldik. Men ham o‘ldirish niyatida harakat qilmaganman. Men juda afsusdaman”, degan Gyunden.
LiveBarchasi