Turkiyaga YeI sanksiyalari tahdid solyapti
Olam
−
16 iyul 2019
3506Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Turkiya Respublikasiga qarshi sanksiyalar joriy qilishni ma’qulladi. Bunga Turkiyaning Kipr maxsus iqtisodiy zonasida (MIZ) uglevodorod konlarida razvedka ishlarini olib borayotgani sabab bo‘ldi. Bu haqda YeI tashqi ishlar vazirlar uchrashuvidan keyin ma’lum bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqi kengashi Turkiya bilan oliy darajali muloqot o‘tkazishdan bosh tortdi, shuningdek, assotsiatsiyalar kengashi majlisini bekor qildi. Bundan tashqari, Kengash Yevropa investitsion bankiga Turkiyadagi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va ushbu mamlakatga moliyaviy yordamni kamaytirishni maslahat bergan.
YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogeriniga Turkiyaga nisbatan taqiqlov choralarining boshqa variantlarini ishlab chiqish tavsiya qilingan.
YeI Turkiya o‘z pozitsiyasidan voz kechmasa, konlarda razvedka ishlarida ishtirok etayotgan alohida shaxslar va kompaniyalarga nisbatan sanksiya qo‘llashi ham mumkin.
Ikkita turk burg‘ulash qurilmalari – “Yavuz” va “Fotih” Kipr maxsus iqtisodiy zonasida bo‘lib turibdi. Gretsiya gaz zaxiralari topilgan Kipr MIZda turk burg‘ulash kemalarining razvedka o‘tkazishini tashviqot harakati deb, baholayapti. Turkiya mintaqadagi tabiiy boyliklardan foydalanish huquqiga ega ekanini iddao qilyapti.
LiveBarchasi