Turkiyaga ketayotganlar diqqatiga! Sayyohlar uchun yangi soliq kuchga kirdi

Olam

image

Turkiyada yashash uchun yangi turdagi soliq to‘lash amaliyoti 2023 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi.  Endilikda mamlakatdagi barcha turar joylar sayyohlar qolishi uchun olingan mablag‘ning 2 foizini davlatga o‘tkazishi kerak. Bundan tashqari, soliqni sayyohlik agentliklari tomonidan turlarga kiritish mumkin, bu haqda hukumat gazetasi “T.C. Resmî Gazete” xabar berdi. 

Hujjatdan kelib chiqadiki, yotoqxonalar, pansionatlar va oromgohlarda yashovchi talabalar soliqdan ozod qilinadi. Bundan tashqari, Turkiyada akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va vakillari diplomatik maqomga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlar vakillari soliq to‘lamaydi. 

Yangi soliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayyohlarga ta’sir qilmasligiga qaramay – uni mehmonxonachilar to‘laydi, turk mehmonxonalarida dam olish narxi oshadi. Mehmonxonachilar soliqni turar joy narxiga u yoki bu tarzda kiritadi. Biroq, turoperatorlarning 2023 yil yozi uchun allaqachon tuzilgan shartnomalariga ko‘ra, yuqori ehtimollik bilan hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmasligi mumkin. 

Turoperatorlar 2023 yilda Turkiyada dam olish narxining prognoz qilinadigan oshishiga soliqning hissasi ahamiyatsiz ekanligini ta’kidlamoqda. Mutaxassislarning eslatishicha, avvalroq turk mehmonxonachilari joriy yilga nisbatan narxlarning 50% gacha oshishi haqida ogohlantirgan edi. Assotsiatsiya prognozlarida katta ehtimol bilan soliqning qiymatga ta’siri hisobga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing